Oilaning qadri bebaho sanaladi
Oilaning barcha aʼzolari birdek muhimdir. Ular bir-birlariga gʻamxoʻrlik qiladilar va masʼuliyatlarni baham koʻradilar. Oila doimo mehr, qoʻllab-quvvatlash va hamdardlik koʻrsatadi.
Adamedning barcha mahsulotlari katta bir oilaning bir qismidir. Ulardagi umumiylik jihat paydo boʻlishi, yuqori sifat hamda qatʼiy xavfsizlik standartlaridan iborat. Kompaniya sifatida biz zamonaviy tibbiyot oldida turgan muhim muammolarga yechim topamiz. Biz innovatsion yechimlarni qidiramiz. Mavjud mahsulotlarni takomillashtiramiz va ulardan keng foydalanish imkoniyatini yaratamiz. Mahsulotlarimiz barcha oila aʼzolarining turli ehtiyojlarini qondirish va ular salomatligi uchun javobgarlik hissini inobatga olgan holda yaratilgan. Bu ularning yuksak ishonchini qozonishimizga imkon beradi.
Bizning qadriyatlarimiz ochiqlik, innovatsiya, sifat hamda oʻzaro hurmatdan iborat. Ushbu qadriyatlarni Polsha va dunyo miqyosidagi millionlab oilalarga ulashishimizga ishonamiz.
Adamed portfoliosidagi 500 ta mahsulot orasidan yillar davomida muvaffaqiyatli foydalanib kelayotgan dori vositalarini, shuningdek, laboratoriyalarmizda ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlarni topishingiz mumkin.
Koʻplab mamlakatlar Adamed oilasiga qoʻshilmoqdalar: hozirda 9 ta xorijiy vakolatxonalarimiz mavjud va mahsulotlarimizdan dunyo boʻylab dunyoning 70 dan ziyod mamlakatida foydalanish mumkin.
Adamed oilaviy biznes sanaladi. U jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan va hamon ular tomonidan boshqarilmoqda. Uning muvaffaqiyati ularning sogʻliqni saqlash sohasida oʻzgarish qilish yoʻlida yakdil maqsadlari hamda intilishlari samarasidir.