Tadqiqot va ishlanmalar

Biz innovatsiyalarga ishonamiz

Biz butun dunyodagi barcha bemorlar uchun eng yangi samarali va xavfsiz dori-darmonlarni izlaymiz.

Adamed innovatsiyalari biz nafaqat haqiqiy farmatsevtika mahsulotlarini izlayotganimizni, balki yangicha qoʻllash usullari, yangicha doza shakllari, yangicha koʻrsatkichlar va aralash dori vositalari, yaʼni bitta tabletkada bir nechta faol moddalarni oʻz ichiga oluvchi dori-darmonlarni ishlab chiqish maqsadida mavjud mahsulotlar va preparatlarni eng soʻnggi ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda yaxshilashni anglatadi.Ayni paytda ishlab chiqish tizimimizda bir necha oʻnlab molekulalar mavjud. Qoʻshimcha qiymatli dori-darmonlar ularning katta qismini tashkil etadi.
 

Biz yetakchi universitetlar hamda tadqiqot institutlari bilan birgalikda R&D konsorsiumini tashkil etdik.

2001-yili Adamed Bosh qarorgohida haqiqiy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish maqsadini jadallashtirish uchun yollangan olimlarning ilk jamoasi shakllantirildi. Zamonaviy uskunalardan foydalanish imkoniyati bilan uygʻunlashgan bilim va tajribamiz tibbiyot va farmatsevtika taraqqiyoti sari muhim hissa qoʻshishimizga imkon beradi.

Adamed ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari

Tadqiqot va ishlanmalar markazi

Eng soʻnggi ilgʻor Tadqiqot va ishlanmalar markazi Polshadagi innovatsion tadqiqotlarimizning yuragi sanaladi. Markaz Yevropadagi shu turdagi eng ilgʻor tadqiqot muassasalaridan biri sanaladi. Markazda tadqiqot loyihalarini olib borishdan maqsad organik sintezlar, yangi texnologiyalar va fizik hamda kimyoviy tahlillardan qoʻshimcha qiymatli va haqiqiy dori-darmonlarni ishlab chiqishda foydalanishdir. Markaz texnologiyalarni Adamed ishlab chiqarish tashkilotlarga oʻtkazishga moslashtirish maqsadida loyihalarni laboratoriya tartibida va yarim sanoat tartibida yuritadi. Tadqiqot va ishlanma laboratoriyalaridagi ekspertlarimiz asosiy hamda boshqa haqiqiy doza shakllarini ishlab chiqish maqsadida soʻnggi texnologiya yutuqlari va zamonaviy jihozlardan foydalanadilar.

Tajriba-sinov maydoni

2017-yili natijasini bergan eng muhim sarmoyaviy loyihalarimizdan biri R&D tajriba-sinov ishlab chiqarish bloki hisoblanadi. Sarmoya hajmi oshirildi va Adamedning tadqiqot va ishlanma jarayonlari zamonaviylashtirildi.

Ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan R&D tajriba-sinov maydoni bemorlarni kutilgan samara va xavfsizlik koʻrsatkichlarini taklif qiluvchi yuqori sifatli tibbiyot mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida qoʻshimcha qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va innovatsion doza shakllarini ishlab chiqishda qoʻllanilishi mumkin.

Ikkita tadqiqot platformasi

Patentlangan dori vositalarini ishlab chiqish

Qoʻshimcha qiymatli dori vositalarini ishlab chiqish