Adamedning maqsad va qadriyatlari

Biz zamonaviy tibbiyot oldidagi muhim muammolarga yechim topamiz

Yangicha dori-darmonlar ustida ishlash va qoʻshimcha qiymatli umumiy dori-vositalarini ishlab chiqish orqali innovatsion preparatlarni qidiramiz.
 

Ochiqlik va innovatsiya
Biz tashkilotimiz qadri va oʻziga xosligini oshirish maqsadida faol tarzda yangi va noanʼanaviy yechimlarni izlaymiz. Muammolarga duch kelishga va innovatsion yechimlarni qidirishga tayyormiz. Kompaniyamizning raqobatbardoshligini  taʼminlash maqsadida ularni amaliyotga joriy etishga intilamiz.

Sifat
Biz muntazam bilimimizni kengaytirish, yangi malakalarni egallashga intilamiz. Tashkilotdagi ishimizda har bir tafsilotga yaqindan eʼtibor beramiz va kasbimizga oid har bir elementni sadoqat va mehr bilan bajaramiz. Qabul qilingan standartlarga doim rioya qilamiz.

Oʻzaro hurmat
Muqobil nuqtayi nazarlarga nisbatan hamdardlik va hammaslaklik tuygʻusini namoyon etamiz. Boshqa kishilarning hissiyotlarini anglaymiz hamda tegishli tarzda va masʼuliyat bilan munosabatda boʻlamiz. Kishilarni tinglaymiz va ularga eʼtibor hamda baho beramiz. Fikr bildiramiz va qabul qilamiz.

Yuksak professionalizm
Tashkilotimiz obruini  oldimizga qoʻygan vazifalarimizni samarali va oʻz vaqtida bajarish orqali ko’taramiz.
Oʻz qarorlarimiz va harakatlarimiz uchun masʼuliyatni zimmamizga olamiz. Muntazam ravishda tashkilotimizdagi jarayonlarni takomillashtiramiz va imkoniyatlarimizni kengaytiramiz.

Moslashuvchan va tezkor harakat
Yechimlarni amaliyotga shoshilinch joriy etishga, vaziyatni tahlil qilishga, tezkor qarorlar qabul qilishga va ular uchun masʼuliyatni toʻliq zimmamizga olishga kafolat beramiz. Oʻzgarishlarni qabul qilamiz va u taklif etadigan imkoniyatlarni egallaymiz. Zarur hollarda ustuvor qoidalarni oʻzgartirishga qodirmiz.

Adamed oila uchun


Adamed oilasi haqida batafsil



Batafsil