Adamed Polshada
Polsha iqtisodiyotining hamkori
Biz Polsha iqtidosiyotining yuksalishiga hissa qoʻshamiz. Daromadlarimizni sarmoyaga sarflagan holda Polshada innovatsiyalarni boshqaramiz – 1996-yildan buyon sarmoyaviy loyihalar boʻyicha 2,2 milliard PLN sarfladik.
Polshada soliqlar (korporatsiyalar daromadidan toʻlanadigan soliq, qoʻshilgan qiymat soligʻi, inventarizatsiya soligʻi) toʻlaymiz va yuqori malakali sheriklar uchun ish oʻrinlari yaratamiz.
2023-yilgi inventarizatsiya soligʻi
40,6 million PLN
2023-yilgi korporatsiyalar daromadidan toʻlanadigan soliq
62,8 mln PLN
2023-yilgi ijtimoiy sugʻurta badallari
98,8 million PLN
2023-yiligi sarmoyaviy loyihalar va R&D
37,5 million yevro
Ishlab chiqarish zavodlari
Ksaveruv va Pabyansdagi ikkita ishlab chiqaruvchi zavodlarimiz Adamedning Ishlab chiqarish va logistika markazidan iborat. Ilgʻor boshqaruv tizimlari, eng soʻnggi texnologiyalar va yuqori malakali xodimlar mahsulotlarimizning yuqori sifatini kafolatlaydi.
Markaz nihoyatda zamonaviy tabletkalar ishlab chiqarish va qadoqlash liniyalari bilan jihozlangan. U zarur qayta ishlash vositalari bilan birga steroidlar va saratonga qarshi dorilar ishlab chiqaruvchi yopiq zonani ham oʻz ichiga oladi.
Globallashuv va keskin raqobat sharoitida Adamedning zamonaviy Ishlab chiqarish va logistika markazi aʼlo darajadagi mahsulot sifati va mijozlarga xizmat koʻrsatishni taʼminlaydi.
Adamed ishlab chiqarish samaradorligi, muntazam ravishda sifatni yaxshilash, mahsuldorlik va yuqori ish standartlariga intilishni doimo ustuvor vazifa deb hisoblaydi.
Ishlab chiqarish va logistika markazida joylashgan ikkita ishlab chiqarish zavodi har yili Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Tinch okeani mintaqasidagi bozorlar uchun moʻljallangan mingdan ziyod yarim tayyor va tayyor mahsulot chiqaradi.
Biz polshalik bemorlarga dori vositalarimizning xavfsizligini kafolatlaymiz
Shifokorlar asos solgan va hamon boshqarayotgan kompaniya sifatida Adamed hamisha bemorlar manfaatini birinchi oʻringa qoʻyadi.
Biz kishilarning surunkali xastaliklariga moʻljallangan eng sifatli tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqaramiz. Adamed bemorlarni chuqur tushunish, ularning ehtiyojlari va umidlari negizida tashkil etilgan. Aynan ushbu negizga tayangan holda biz bemorlarda kompaniyamiz va mahsulotlarimizga nisbatan bebaho ishonchni shakllantiramiz.