Shaxsga oid maʼlumotlar
Masʼul va halol kompaniya sifatida biz ittifoqchilarimiz, biznes hamkorlarimiz hamda uchinchi tomonlarning shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha huquqlarini hurmat qilamiz. Quyida Adamedda maʼlumotlarni himoyalashning asosiy prinsiplari bayon qilinadi.
Shaxsga doir maʼlumotlar boshqaruvchisi kim?
2016-yil 27-apreldagi Maʼlumotlarni himoyalashga oid umumiy qoidalarning (GDPR) 13- va 14-moddalariga asosan quyidagi kompaniyalardan biri sizning shaxsga oid maʼlumotlaringiz Boshqaruvchisi boʻlishiga eʼtibor bering:
- Adamed Pharma S.A., Pieńków, Mariana Adamkiewicza koʻchasi 6A-uy, 05-152 Czosnów
Maʼlumotlarni har qanaqasiga qayta ishlashdan oldin Shaxsga doir maʼlumotlar boshqaruvchisi qayta ishlashning maqsadi va huquqiy asoslarini belgilaydi hamda maʼlumotlarni saqlash muddatini aniqlaydi. Quyidagi hollarda shaxsga oid maʼlumotlaringiz qayta ishlanadi:
- chunki qayta ishlash Siz va Boshqaruvchi oʻrtasidagi shartnomani bajarish yoki shartnoma tuzish uchun choralar koʻrish uchun (6-modda(1)(b));
- Boshqaruvchi boʻysunadigan huquqiy majburiyatlarga rioya qilish uchun (6-modda(1)(c));
- Boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladigan qonuniy manfaatlarni koʻzlagan holda (6-modda(1)(f));
- sizning roziligingiz asosida (6-modda(1)(a));
Maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadi, qayta ishlashning huquqiy asoslari, maʼlumotlarni saqlash muddati va GDPRda belgilangan talablarga binoan tarqatilishi kerak boʻlgan har qanday boshqa maʼlumotdan xabardor boʻlishingiz uchun barcha choralarni koʻramiz.
Shaxsga doir maʼlumotlaringizni himoyalash boʻyicha har qanday savol yoki muammolaringiz boʻlsa, quyida koʻrsatilgan emailga yuboring. Maʼlumotlaringizni himoyalash boʻyicha batafsil maʼlumot berishdan mamnun boʻlamiz.
Maʼlumotlarni himoyalashga masʼul xodim kim?
Yevropa Parlamenti va Kengashining 2016-yil 27-apreldagi 2016/679-sonli Jismoniy shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlash va ularning erkin harakatlanishini himoyalash hamda 95/46/EC direktivasini doir bekor qilish haqidagi qoidalarning (YeI) 37-moddasiga binoan Maʼlumotlarni himoyalashga masʼul xodim tayinlangan.
Daniel Grudzień Adamed Pharma S.A. Maʼlumotlarni himoyalashga masʼul xodim sanaladi.
Maʼlumotlarni himoyalashga masʼul xodim oʻz vazifalarini bajarishda shaxsga doir maʼlumotlari qayta ishlangan shaxslarning huquq va erkinliklari himoyalanishini kafolatlaydi. Shunga koʻra, Maʼlumotlarni himoyalashga masʼul xodim maʼlumotlarning egalari bilan ularning qayta ishlanadigan shaxsga doir maʼlumotlariga tegishli har qanday masalada bogʻlanishi mumkin.
Maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha xodim nima bilan shugʻullanadi?
Maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha xodim tashkilotda maʼlumotlarning qayta ishlanishi toʻgʻriligini tekshiradi. Shuningdek, maʼlumotlarni qayta ishlashdagi har qanday jiddiy muammolarga taalluqli har qanday shikoyat boʻyicha muvofiqlashtiruvchilik qilish ham uning vazifalariga kiradi. Adamedga qarashli biror kompaniya tomonidan shaxga oid maʼlumotlarni himoyalashda huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha xodim bilan bogʻlanishingiz mumkin. Huquqlaringizdan birortasini amalga oshirish uchun ham Maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha xodim bilan bogʻlanishingiz mumkin.
Xususan, bu quyidagi huquqlarni qamrab oladi:
- Shaxsga doir maʼlumotlaringizdan foydalanish,
- Shaxsga doir maʼlumotlaringizni tuzatish,
- Shaxsga doir maʼlumotlaringizni oʻchirish (“unutilish huquqi”),
- Shaxsga doir maʼlumotlaringiz qayta ishlanishini taqiqlash,
- Maʼlumotlarning ixchamligi,
- Shaxsga doir maʼlumotlaringiz qayta ishlanishiga eʼtiroz bildirish,
- Avtomatik tarzda qaror qabul qilinishi, jumladan, nusxalashga eʼtiroz bildirish,
- Shaxsga doir maʼlumotlarning sizdirilishi boʻyicha shikoyat qilish.
Soʻrovingiz qanday qayta ishlanadi?
Soʻrovingizni Shaxsga doir maʼlumotlar boshqaruvchisi xodimi yoki bevosita Maʼlumotlarni himoyalashga masʼul xodim orqali topshirishingiz mumkin. Soʻrovingiz tezda koʻrib chiqiladi. Soʻrovingizni qayta ishlash bir oydan choʻzilsa, alohida xat orqali javob berish muddati choʻzilishi haqida xabardor qilinasiz. Javob berish muddati soʻrovning murakkabligi yoki topshirilgan soʻrovlar sonining koʻpligi tufayli choʻzilishi mumkin.
Agarda soʻrov sizni aniqlash imkonini bermasa yoki noaniq boʻlsa, maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha xodim soʻrov qabul qilinganidan boshlab bir oy ichida qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilishingizni soʻraydi.
Agar soʻrov email orqali qabul qilingan boʻlsa, mumkin boʻlgan hollarda kelgusi yozishmalar ham email orqali taqdim qilinadi. Aks holda, soʻrovingizni koʻrib chiqish usuli qabul qilinganligini tasdiqlovchi xat orqali yozma ravishda xabar qilinadi.
Soʻrovlarni koʻrib chiqish bepul. Biroq agar soʻrov asossiz yoki takroran topshirilgan boʻlsa, Shaxsga doir maʼlumotlar boshqaruvchisi soʻrovni qayta ishlash, aloqa qilish yoki soʻralgan amaliyotlarni bajarish uchun maʼmuriy xarajatlarni hisobga olgan holda adolatli toʻlov undirishi yoki soʻrovni rad etishi mumkin.
Maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha xodimga qanday bogʻlanish mumkin?
Maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha xodimga quyidagicha bogʻlanishingiz mumkin:
- quyidagi e-mailga yuborish orqali: iod@adamed.com,
- Shaxsga doir maʼlumotlar boshqaruvchisiga yozma ravishda xabar yuborgan holda.