Tadbirlar

Adamed xalqaro anjumani

14 Dekabr 2020

Ushbu o’zgacha tadbirning maqsadi COVID-19 ni davolash bo’ticha bilim almashishdan iborat edi. Ekspertlar o’z mamlakatlarida olgan tajribalari va ixtisosliklari bilan fikr va tajriba almashishdi. Davom etib kelayotgan pandemiya munosabati bilan anjuman onlayn rejimida o’tkazildi, bu esa uning tashkilotchisi oldiga katta texnik vazifani yuklatdi. U ikki soat poyasida joylashgan mamlakatlarda translyatsiya qilinib, ma’ruzalar bir vaqtning o’zida to’rt tilga (polyak, ingliz, ispan va rus) tarjima qilib borildi.

Adamedning 1-chi Xalqaro anjumanida nutq so’zlaganlar ichida quyidagilar bor edilar:

Professor Andjey Fal –Ichki ishlar boshqarmasi va Varshava shahri ma’muriyati Markaziy klinik shifoxonasi Allergologiya, o’pka kasalliklari va ich kasalliklari klinik bo’limi mudiri; Polsha Sog’liqni Saqlash Jamiyati Boshqaruv Kengashi Prezidenti.

Professor Robert Flisiak – Polsha epidemiologlar va yuqumli kasalliklar shifokorlari jamiyati prezidenti; Belostok tibbiyot universiteti Yuqumli kasalliklar va gepatologiya kilinik bo’limi mudiri.  

Professor Pyotr Malkovskiy – Varshava tibbiyot universiteti Kadrlar va tashkiliy ishlar bo’yicha prorektor, shuningdek:

Professor Petr Radzishevskiy – urolog; Polsha Prezidenti huzuridagi Milliy rivojlanish Kengashi a’zosi.

Professor Aleksandr Nersesov – Asfendiyarov nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti Gastroenterologiya kafedrasi mudiri; Qozog’iston Jigarni tadqiq qilish assotsiatsiyasi Prezidenti.

Doktor Azamat Ibrayev Kaysarovich – Qozog’istondagi Qarag’andi viloyat ruhiy salomatlik markazi psixoterapevti; Kgnitiv-xulqiy psixoterapiya assotsiatsiyasi a’zosi.

Doktor Marina Durmanova – Qozog’iston Respublikasida farmatsevtika biznesini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish assotsiatsiyasi prezidenti.

Professor Nigora Muminova – Vrachlar malakasini oshirish instituti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi; O’zbekiston akusherlar va ginekologlar assotsiatsiyasi a’zosi.

Doktor Xose Antonio Garsiya-Donayre – Ispaniya gipertoniya bo’yicha nefrologlar jamiyati prezidenti; Madrid shahridagi San-Karlos klinik shifoxonasi.

Doktor Marta Navas Texedor - Madrid shahridagi San-Karlos klinik shifoxonasi ruhiy kasalliklar shifokori.

Professor Richard Cheshka – Chexiya Ichki kasalliklar jamiyati prezidenti; Yevropa Ichki kasalliklar federatsiyasi Boshqaruv kengashi a’zosi.

Professor Yan Shkra – Ichki kasalliklar bo’limi, Universitet huzuridagi Umumiy shifoxona, Pragadagi Karlov shifoxonasi.

Professor Mixail Poluektov – Sechenov Universiteti Uyqu tibbiyoti kafedrasi mudiri; Uyqu bo’yicha pediatr mutaxassislar Milliy jamiyati prezidenti.

Professor Aleksey Oxlobistin – Sechenov Universiteti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi, Moskva shahri.

Doktor Ufimseva Anna Konstantinovna – I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi.

Professor Petro Poteyko – Xarkov vrachlar malakasini oshirish tibbiyot akademiyasi ftiziatriya, pulmonologiya va oilaviy tibbiyot kafedrasi.

Professor Irina Jabchenko – Ukrainadagi O.M.Lukyanov nomidagi pediatriya, akusherlik va ginekologiya instituti Homiladorlik va tug’ruq patologiyalari bo’limi boshlig’i.

Doktor Claudio Ferri – Italiya yurak-qon tomir profilaktikasi jamiyati hamda Italiya sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Italiya yurak-qon tomir kasalliklari alyansi a’zosi.

Professor Derjio Agosti – Genuya universiteti Ekstrafiziologiya va aritmologiya laboratoriyasi mudiri.

O’zining: “Pandemiya biz yashab turgan dunyoga tahdid qiladimi” mavzusidagi kirish so’zida professor Andjey Fal, Yevropa pandemiyaning ikkinchi to’lqiniga yaxshiroq tayyorgarlik ko’rishi mumkinligini ta’kidlab o’tdi va hali bahorda yo’l qo’yilgan xatoliklarni aniqlab berdi. Ekspertning so’zlariga qaraganda hozirgi kunda eng katta muammolardan biri – bu astma, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi yoki yurak-qon tomir kasalliklarining davolana olmasligi hisoblanadi. “Dunyoda 1.5 million kishi koronavirusdan halok bo’ldi, 33.5 million kishi esa boshqa kasalliklar oqibatida halok bo’ldi.Bu shuni ko’rsatadiki, yuqumsiz kasalliklar hali ham biz uchun katta xavf tug’dirib kelmoqda.Yurak ishemik kasalligi – bizning birinchi raqamli dushmanimizdir, chunki u faqat COVID-19 ga qaraganda 10 baravar ko’r odamlarning hayotiga zomin bo’ldi”, – deya ta’kidladi professor Fal.

Anjumanning birinchi kunida so’zga chiquvchilar shuningdek pandemiyaning ruhiy salomatlikka ta’sirini (doktor Azamat Ibrayev va doktor Marta Navas Texedor), qanday qilib koronavirus va karantin farmatsevtika bozori tushunchasini o’zgartirganligini (doktor Marina Durmanova), pandemiya davrida biz qandli diabetga nisbatan munosabatimizni o’zgartirishimiz kerak yoki yo’qligi (doktor Yan Shkra) hamda COVID-19 yurak-qon tomir xavfini oshirishi yoki yo’qligi (professor Xose A. Garsiya-Donayre) haqida ham fikr bildirdilar.

Anjumanning ikkinchi kudi, o’z navbatida koronavirus davrida immunitetni shakllantirish uchun uyquning ahamiyati (doktor Mixail Poluektov), pandemiya davrida kardiologik davolash (professor Serjio Agosti) va o’pka kasalliklari bilan og’rigan va COVID-19 ga chalingan bemorlardagi muammolarni terapevtik davolash kabi mavzularga bag’ishlandi (professor Andjey Fal).

Anjuman video yozuvi va ma’ruzalarni adamedunited.com sahifasidan olishingiz mumkin.