Xabarlar

#standwithukraine

3 Mart 2022

Bugun biz Ukrainada boʻlib oʻtayotgan harbiy amaliyotlarga guvoh boʻlib turibmiz, holatni diqqat bilan kuzatib, yaxshi tashkillashtirilgan yordam choralarini koʻryapmiz.

Avvalo biz asosiy eʼtiborimizni Ukrainadagi hamkasblarimiz va ularning oilalarining hayotiy ehtiyojlarini oʻrganib chiqish va zaruriy moddiy va psixologik yordam berish choralariga qaratganmiz. Biz ular va ularning oilalarini xavfsiz saqlash uchun harakat qilyapmiz.Biz urush boʻlayotgan hududlardan qochib ketgan yoki unda qolib ketganlarga yordam berish uchun harakat qilyapmiz. Bundan tashqari Ukrainaning Pabianitsadagi Ishlab chiqarish va logistika markazida ishlayotgan hamkasblarimiz va ularning oilalariga yordam berishimiz kerak. Biz millatidan qaʼtiy nazar hamkasblarimizni qoʻllab-quvvatlab, ularga yordam koʻrsatamiz.

Bunday inqiroz bilan birgalikda uzluksiz tibbiy vositalarni yetkazib berish biz uchun asosiy ustuvorlikka ega. Hozirgi holatda dori-darmonlarni Ukrainaga yetkazib beramiz, bir vaqtda Polshadagi bemorlarning ham dori-darmonga ehtiyojini qondiramiz.Biz ochiqmiz va hamkorlikka tayyormiz. Yordamlarimiz toʻgʻri muvofiqlashtirilishi, dori-darmonlarimiz va tibbiy yordamimiz shifoxonalarga yetib borishi va jarohatlangan hamda urush zonalaridagi kasallarga yordam berish borasida Polsha hukumati bilan yaqinda hamkorlik qilyapmiz. Bir vaqtda Polshadagi bemorlarimizga asosiy eʼtiborimizni ham qaratamiz.Biz mamlakat boʻyicha dori-darmon yetkazib berishni uzluksiz monitoring qilib boryapmiz.

Adamed oila uchun dasturimizning bir qismi sifatida Ukrainadagi oilalar uchun toʻliq yordam paketi ustida ish olib boryapmiz. Adamed Pharma uzoq muddatga asosiy ehtiyojlar uchun moddiy yordam taklif qilishni ham rejalashtirgan.

Adamedʼning asosiy boyligi – bu odamlardir! Odamlarimiz chuqur qaygʻuda.Ular yaxshi niyatlar va yaqin hamkorlikning qudratiga ishonadi va yordamga muhtojlarga yordam berishga intiladi.