Xabarlar

Adamed Pharma Ukrainaga yordam berishda davom etmoqda

31 Mart 2022

[Yangilangan maʼlumot]

Ukrainada urush boshlangandan keyin Adamed Pharma hozirda dori vositalari bilan taʼminlashga qaratilgan bir qator yordam tadbirlarini boshladi. Bugungi kunga qadar Adamed Pharma Ukrainaga 1,2 million yevroga teng dori-darmon va tibbiy yordam vositalarini xayriya qildi. Shu bilan bir vaqtda, bu kompaniya Polshada dori vositalarining uzluksiz ravishda taʼminlanishiga eʼtibor qaratib kelmoqda. 

Ukrainadagi davomiy etayotgan va keskinlashib borayotgan ziddiyatlarga qaramay, Adamed Pharma urushdan jabrlangan hududlardagi shifoxonalarga zaruriy dori-darmonlarni yetkazish berishga qaratilgan yordam harakatlariga diqqat qaratishda davom etmoqda. Bizning faoliyatimiz Polsha hukumati, davlat organlari (jumladan, Strategik zaxiralar davlat agentligi), mahalliy hokimiyat organlar va inqirozli vaziyatlarda yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda muvofiqlashtiriladi.

Adamed Pharma tomonidan qiymati 920 000 yevrodan ortiq dori-darmon va tibbiy vositalar allaqachon Ukrainaga yetkazib berildi, ular yarador va bemorlarni davolashda ishlatiladi. Ayni damda Ukraina Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ukraina shifoxonalari tomonidan bildirilgan ehtiyojlar asosida navbatdagi xayriya joʻnatmalarini tayyorlanmoqda. Ularning umumiy qiymati 215 000 yevro atrofida boʻladi. Dori-darmonlarning eng muhtoj joylarga samarali yetkazib berilishini taʼminlash uchun maqsadli harakatlarga eʼtibor qaratmoqdamiz.

Urushning dastlabki kunidan boshlab, Adamed kompaniyasi ukrainalik hamkasblari va ularning oila aʼzolariga yordam berib kelmoqda. Kompaniya ularning hayotiy ehtiyojlari taʼminlanishi, ular zaruriy moddiy va psixologik yordamga boʻlishini taʼminlaydi. Shu bilan bir qatorda, urush hududlarida boʻlgan yoki hali ham boʻlib turganlarga ham yordam koʻrsatilmoqda. Shuningdek, Adamed Pabanitsadagi Ishlab chiqarish va logistika markazida ishlaydigan ukrainalik hamkasb xodimlar va ularning oila aʼzolariga ham yordam koʻrsatmoqda. Tashkilot doirasida, urushning birinchi kunidan boshlab, Adamed xodimlari taʼminot vositalarining olib ketilishi, shuningdek, volontyorlik ishlari, ukrainalik oilalar uchun transport va turar joy tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirib kelmoqda.

Bundan tashqari, yordam harakatlari tizimli va rejali asosda amalga oshirilishi uchun Adamed Pharma ustuvor darajadagi tashabbuslarni moliyaviy yordam bilan taʼminlamoqda hamda hamkor NNTlarni qoʻllab-quvvatlamoqda. Adamed Pharma Polsha Tibbiy missiyasiga moliyaviy xayriya qildi. Bu mablagʻlar Adamed kompaniyaning joriy yordam faoliyatiga qoʻshimcha ravishda tibbiy yordam ishlariga yoʻnaltiriladi. Adamed Jamgʻarmasi Polshadagi SOS bolalar qishloqlariga moliyaviy yordam koʻrsatdi. Ushbu NTT 135 ta davlatdagi tashlab ketilgan va yetim bolalarga yordam koʻrsatishi bilan tanilgan. Bu xayriya Polshadan xavfsiz boshpana izlab urushdan qochgan eng yosh qochoqlarni qoʻllab-quvvatlash uchun sarflanadi.

Oilaning qadri bebahodir. Koʻplab ukrainalik oilalar oʻz yaqinlaridan ajralgan holda yashayotgan bir vaqtda, Adamed Jamgʻarmasi bunday oilalarning eng yosh aʼzolariga yangi xorijiy davlatdagi ushbu qiyin damlarni yengib oʻtishda koʻmaklashmoqda. Shu sababli, aprel oyida Polsha maktablarida oʻqishni boshlagan ukrainalik bolalarga jami 2100 ta maktab anjomlari toʻplami sovgʻa qilindi. Bu toʻplamlar Varshava, Lyubin va Jeshuv shahrida mahalliy va davlat muassasalari orqali tarqatildi. Oʻquvchilar ryukzaklar, oʻquv qurollari va sanʼat anjomlariga ega boʻladi.

Shu bilan birga, kompaniya Polshadagi bemorlarning muolajasi uzluksiz taʼminlanishi uchun davomiy choralar koʻrmoqda. Hozirda barcha Adamed Pharma ishlab chiqarish korxonalari toʻliq quvvat bilan ishlab, zaruriy mahsulotlarni yetkazib bermoqda. Bizda yetarlida API, boshqa ishlab chiqarish materiallari va tayyor mahsulotlar zaxirasi mavjud. Oʻsib borayotgan talabga zudlik bilan javob berish hamda Polshadagi bemorlar uchun dori vositalarimiz mavjudligining uzluksizligini taʼminlash maqsadida zaxira darajalari va taʼminot zanjirlarini doimiy ravishda kuzatib boramiz.

Birgalikda koʻp ishlarga qodirmiz!